O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning darslarda ishtiroki, sinf xonalarining holati, sport maydonchalari, kutubxona hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borildi.
Shuningdek, pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.