Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi

Bugun Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritildi:

1.Yevropa tiklanish va tarqqiyot banki ishtirokidagi “Namangan shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;

2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalari hamda ichki xoʻjalik yo'llarini infratuzilmasini takomillashtirish to'g'risida" 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq Namangan shaharda ichki yo'llarni saqlash va ta'mirlash bo'yicha ishlab chiqilgan manzilli dastur loyihasi to'g'risida;

3.Namangan shaharda 2026-yilda ko’p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarining manzilli dasturi to‘g‘risida;

4.Namangan shahar tibbiyot birlashmasining 2025-yil mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida;

5.Namangan shahar budjetining 2026-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq hamda er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

6.“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida;

7.Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining doimiy komissiyalarini 2026-yilga belgilangan ish-rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10