Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi tomonidan hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda qarovsiz hayvonlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Adirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qarovsiz (daydi) itlar soni ko‘payib ketgani va ularning aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligiga tahdid solayotgani yuzasidan fuqarolar murojaatlari kelib tushgan. Shu munosabat bilan Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, hududda qarovsiz hayvonlarni tutish hamda ularni belgilangan tartibda saqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi.