📌 Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida bildirilgan murojaat va takliflar deputatlar tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Yoshlar bilan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.