Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev va tuman Kengashi deputati Z.Turdiyevlar tegishli soha mas’ullari bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilishi uchun tanlab olingan O‘zbekiston mahallasida belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.

#Deputatlar_faoliyati

Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla

Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev va tuman Kengashi deputati Z.Turdiyevlar tegishli soha mas’ullari bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilishi uchun tanlab olingan O‘zbekiston mahallasida belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlarini olib bordi. 

O‘rganish davomida mahallaning mavjud infratuzilma holati, ichki yo‘llarning ahvoli, elektr tarmoqlari, obodonlashtirish darajasi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. 

Xususan, mahalla hududidagi yo‘llarga asfalt qoplamasini yotqizish, piyodalar yo‘laklarini qurish, zamonaviy energiya tejamkor yoritish chiroqlarini o‘rnatish, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida  tayanch beton ustunlar o‘rnatish bo‘yicha aniq loyihalar ishlab chiqildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2