Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama
янв.21
Deputat tomonidan ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasida yaratilgan sharoitlar o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida strategik vazifalar muxokamasi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
62-DIUM faoliyati nazorat tartibida o`rganildi
янв.21
Farzand – oila quvonchi, Vatan va jamiyat tayanchi!
янв.21
Prezidentimiz murojaatnomasi bo`yicha targ`ibot tadbiri
янв.21
Bolajonlar qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish yo`lida
янв.21
Jalaquduq tumanida Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Prezident Murojaatnomasi muhokamasiga bag`ishlangan davra suhbati
Munosabat

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shko‘pir tuman bo‘linmasi rahbari, tuman Kengashi deputati R. Ismoilova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisda va O'zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaati mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida 5-sonli AFChO‘Mda mazmunli va samarali davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini oshirish, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish, yoshlar masalasi, ayollar faolligini qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan muhim ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida R. Ismoilova Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar, ularning amaliy ahamiyati va joylarda ijrosini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

Slide 1 of 1