Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 18-sessiyasi bo`lib o`tdi.

Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Elmurod Po‘latov, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Sessiyaga “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati –O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi” dan saylangan deputat N.To‘ychiyev raislik qildi. Sessiyada deputat Dadamatov Faxritdin Janobovich Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi etib saylandi. Faxritdin Janobovich 1966-yil Parkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1988-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi a’zosi. Faxritdin Janobovich mehnat faoliyatini 1988-yil Toshkent viloyati Parkent tumani "Navbahor" jamoa xo‘jaligida muhandis-mexanik lavozimidan boshlagan. 1991-1995-yillar mobaynida Toshkent viloyati Parkent tumani Yoshlar ittifoqining ikkinchi va birinchi kotibi, 1995-1997-yillarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi birinchi toifa mutaxassisi, 2012-2017-yillarda Toshkent viloyati “Mahalla” xayriya jamoat fondi Parkent tuman bo‘limi raisi, 2017-2019-yillarda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Parkent tuman kengashi raisining birinchi o‘rinbosari hamda 2022-2025-yillarda Parkent tuman Agrosanoat majmuyi xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi
lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025-yildan xozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Parkent tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
 

Slide 1 of 1