Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi "Xalqparvar" komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Ushbu yig'ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaroriga muvofiq aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali daromadi yuqori boʻlmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga koʻmaklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.