Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari A. Baxramov va M. Mirsodiqov Alisher Navoiy mahallasidagi Z. Nosirov ko‘chasining 21–22-domlarida bo‘lib, hududdagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔍 Tashrif davomida ko‘p qavatli uylarning:
— ichki yo‘laklari (podyezdlari),
— yerto‘lalari,
— atrof hududlarning sanitariya holati,
— tunda yoritilish darajasi batafsil o‘rganildi.
O‘rganish yakunida deputatlar aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarib, mas’ul xizmatlarga muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholiga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur topshiriqlar berdilar.
🏡 Ushbu tashrif mahalla infratuzilmasini takomillashtirish hamda fuqarolarning farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning navbatdagi bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.