Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 13-sessiyasi bo`lib o`tdi
янв.21
Aholini qo`llab-quvvatlash – ustuvor vazifa
янв.21
Tuman Kengashi deputati Nafisaxon Abdumo`minova yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazdi
янв.21
YO`QLOV
янв.21
Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizda bayram tadbiri bo`lib o`tdi.
янв.21
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
янв.21
3 DEKABR — XALQARO NOGIRONLAR KUNI
янв.21
Jalaquduq tumanida dual ta’limni o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Izlanish va intilish bilan yangi marralar sari
янв.21
Oliy Majlis Senati 11-yalpi majlisi qarorlari bo`yicha hududlarda targ`ibot ishlari izchil davom etmoqda
Termiz shahar Alpomish" mahallasidagi RK-5 mahalliy qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Termiz shahar Alpomish" mahallasidagi RK-5 mahalliy qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Kravchenya Gennadiy Nikolayevich hamda shahar Kengashi deputatlari Abduqodir Mustafakulov, Akmal Ashurov Termiz shahrining "Alpomish" mahallasidagi RK-5 mahalliy qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlari holatini o‘rgandi. 

Dastlab, o‘rganish jarayonida RK-5 mahalliy qozonxona isitish tizimlari, issiq suv ta’minoti, quvurlar hamda qozonxona holati joyida ko‘zdan kechirildi. Deputatlar hududdagi turar joylar va ijtimoiy obyektlarga isitish energiyasi yetkazib berish holati ko‘zdan kechirildi, ayrim texnik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.

So‘ngra, deputatlar tomonidan Alpomish" mahallasidagi 13-son umumta’lim maktabida RK-5 mahalliy qozonxona tomonidan issiqlik ta'minoti bilan ta'minlanish holati o‘rganildi. O‘quvchilar darslarni iliq va xavfsiz muhitda o‘tishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratish masalasi alohida e’tiborga olindi.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga so'rovlar yuborildi.

Slide 1 of 11