#Deputat_faoliyati #Yashil_makon
Shu bir haqiqatni yana chuqur his qildim: tabiat bizni ogohlantiryapti. Agar bugun chora ko‘rmasak — ertaga nafas olishning o‘zi muammo bo‘lib qoladi.
🌳Lekin aslida eng oddiy va eng samarali yechim yonimizda turibdi — bu DARAХT EKISH.
🌴Bir dona daraxt:
✅ 1 yilda 22 kg changni o‘ziga yutadi
✅ Atrofga kislorod beradi
✅ Odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
✅ Keyingi avlod uchun hayot hadya qiladi
Shu sabab bugun men hammani birgina ezgu ishga chorlashni lozim topdim: Keling, daraxt ekamiz. Farzandlarimiz uchun. Vatanimiz uchun. Kelajagimiz uchun. Daraxt ekish – bu shunchaki ko‘klam bezagi emas, bu jamiyatga munosabat, bu Vatan oldidagi burch.
Bugundan har birimiz o‘zimizga bitta savol beraylik:
"Men havoni tozalash uchun nima qildim?"
Agar hali hech narsa qilmagan bo‘lsak — birinchi qadam aynan shu bo‘lsin.
N.Parmanova.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
https://t.me/parmanovanargiza