Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSI

Mirobod tumani hokimligining katta faollar zalida, korrupsiya holatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputatlari, hokimlik apparat xodimlari, tuman prokuraturasi mas’ullari, tuman IIO FMB mas’ul xodimlari, tuman adliya bo‘limi xodimlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, tumandagi korxona tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. 

Seminar davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining o‘rinbosari T.Matibayev o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, korrupsiya va uning oqibatlari, vujudga kelish tarixi, bugungi xalqaro jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi faoliyati va O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish, sog‘lom investitsion muhitni yaratish, xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida batafsil
ma’lumotlar berdi. 

T.Matibayev o‘z nutqida O‘zbekiston Prezidentining ushbu mavzuda bildirgan fikrlaridan iqtibos keltirdi: “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”. 

“Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekan, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasidir”, - deya o‘z nutqiga yakun yasadi deputat. 

Tadbir yakunida qatnashchilarning ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan taklif va fikrlari tinglandi. 

Slide 1 of 9