Yangiliklar

Inson qadri - ulug‘, Xotira - muqaddas

       Ikkinchi jahon urushi haqiqatan ham insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirgʻin boʻlgan. Bu urush insoniyat, shu jumladan, xalqimiz boshiga qanday ogʻir azob-uqubat va talafotlar, behisob qurbonlar keltirganini el-yurtimiz hech qachon unutmaydi.

      Ana shunday suronli kunlarda jang maydonida hamda front ortifa jasorat ko‘rsatgan bobo-buvilarimizning qahramonliklari har qanday ehtiromga loyiqdir. 

     Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati Gulshanda Bobomurodova "Yoshlik" mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriy Maxsuta Abduraxmonova holidan xabar oldi. 

Slide 1 of 2