Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
"Namuna" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar manzilliligini ta’minlash hamda Kengash sessiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar  25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaga biriktirilgan “Namuna” mahallasida bo‘lib, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” bo‘yicha tashkil etilib, Ijtimoiy xodim faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.
Suhbat va hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan quyidagi kunlik vazifalar baholandi:

O‘zgalar parvarishiga muhtojlar: Yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarning aniq ro‘yxatlari (reyestrlari) yuritilishi hamda ularga ko‘rsatilayotgan uyda parvarishlash xizmatlarining sifati;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar: Imkoniyati cheklangan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda ularni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash borasidagi murojaatlarining hal etilishi;

"Inson" markazi bilan integratsiya: Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik hamda ijtimoiy nafaqalarni belgilashda shaffoflik.

A.Ashurov: "Ijtimoiy xodim — ko‘makka muhtoj har bir fuqaroning mahalladagi eng yaqin va samimiy suyanchig‘idir!"

"O‘RQ-415-sonli Qonun ijrosi hisobotlar uchun emas, har bir ehtiyojmand xonadonda amalda his qilinishi kerak. 'Namuna' mahallasida ijtimoiy xodimning faoliyatini puxta tahlil qildik. Aniqlangan ijobiy tajribalar va kamchiliklar umumlashtirilib, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqiladi," — deya ta'kidladi Kengash kotibiyati mudiri.

O‘rganishlar yakunida mahallada ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ehtiyojmand fuqarolar bilan "xonadonbay" ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.