Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
📌 Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va murojaatlar tahlil qilindi

📌 Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va murojaatlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Soatova ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tuman yoshlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, sayyor qabullar hamda shaxsiy murojaatlar orqali ko‘tarilgan dolzarb muammolar va takliflar atroflicha tahlil qilindi. Unda yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda hududlarda sport maydonchalarini barpo etishga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar yetakchilari va mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizimli yechim talab etadigan masalalarni hal etish choralarini belgilash hamda ularni xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 4