Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
📌 Baxmalda ekologik holat va “Yashil makon” loyihasi tahlil qilindi

📌 Baxmalda ekologik holat va “Yashil makon” loyihasi tahlil qilindi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi doimiy komissiyasi raisi A.Ernazarov boshchiligida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi boshlig‘i I.Boymurodovning hisoboti eshitildi.
“Yashil makon”: Bahor mavsumida 526 ming tup (109%) ko‘chat ekildi. D-053 yo‘li bo‘yida “Yashil bog‘lar”, “Oqtosh” MFYda esa “Mening bog‘im” barpo etildi.
Ekologik nazorat: 8 oyda 161 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 401 mln so‘m jarima belgilandi. “Eko patrul” tizimi orqali 86 ta qonunbuzarlik fosh etildi.
Atmosfera havosi: 2 ta yirik sanoat korxonasiga Avtomatik fon monitoring stansiyasi o‘rnatildi.
Komissiya qarori bilan ekilgan ko‘chatlarning kuzgi parvarishini ta’minlash, jarimalar undirilishini jadallashtirish hamda sanoat korxonalarida filtrlar o‘rnatilishini yakunlash vazifalari yuklatildi. Masala tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritiladi.

Slide 1 of 3