“Oilaviy huquq targ‘iboti oyligi” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Navoiy viloyat hokimligining “Oqila ayollar” harakati 2025-yil yanvar oyida rejalashririlgan “Oilaviy huquq targ‘iboti oyligi” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga asosan 2025-yil yanvar oyida Uchquduq tuman 1-son politexnikumida “Oila baxti” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni, tumandagi “yoshlarni oilaga tayyorlash” markazi rahbari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.B.Kamolova, Aytim MFY xotin-qizlar faoli M.M.Jabborova, 1-son politexnikum xotin-qizlar raisi Z.Q.Jo‘rayeva hamda psixolog G.U.Djurayevalar ishtirok etdi. Tadbir qiziqarli va bahs-munozaraga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.