Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
“YONG‘INDAN OGOHLIK” UMUMMILLIY KAMPANIYASI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Yurtimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida Yunusobod tumanidagi “Adolat” va “Husniobod” mahallalarida aholining yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

🇺🇿Mazkur tadbir Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari nazorati ostida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🔥Tadbir davomida isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha aholiga profilaktik tushuntirish va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

📌Deputatlik nazorati doirasida aholining xavfsizligini ta’minlash, mavsumga tayyorgarlik holatini o‘rganish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👥Aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bunday tadbirlar tuman hududida tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 2