Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
“DO‘STLIK” MAHALLASIDAGI YASHIL MAYDONLARNI SUG‘ORISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “DO‘STLIK” MAHALLASIDAGI YASHIL MAYDONLARNI SUG‘ORISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarovning Yangihayot tumani “Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish tizimini tashkil etish yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Do‘stlik” MFY 2-mavzesidagi 2, 3, 4 va 13-uylar hududidagi daraxtlar, gulzorlar va boshqa yashil maydonlarni muntazam sug‘orishni tashkil etish masalasi ko‘tarilgan edi.

📝 Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosari I. Xolmatov tomonidan taqdim etilgan javobga Maxsus sug‘orish uskunalarini ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi boshlig‘i A. Yuldashevning mazkur masala yuzasidan tegishli xulosasi ilova qilingan.

🌳 Rasmiy javobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni asosida 2022–2026-yillarda tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtirish hududlarida sug‘orish tizimlari hamda suv chiqarish quduqlarini tashkil etish dasturi amalga oshirilayotgani ma’lum qilingan.

💧 Mazkur dastur doirasida Toshkent shahrining har bir tumanida, jumladan Yangihayot tumanida ham ajratilgan mablag‘lar va mutasaddi tashkilotlarning takliflari asosida sug‘orish tizimlari bosqichma-bosqich barpo etib kelinayotgani qayd etilgan.

🔎 Javobda deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan hududdagi sug‘orish tizimi 2023-yilgi manzilli dasturga kiritilgani, Yangihayot tumanida dastlab 1,2 kilometr sug‘orish tizimi barpo etish belgilangan bo‘lsa-da, ajratilgan mablag‘lar doirasida ishlab chiqilgan loyihalar asosida amalda 3,2 kilometr sug‘orish tizimi qurilgani ma’lum qilingan.

⚠️ Shu bilan birga, Maxsus sug‘orish uskunalarini ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan manzilda qo‘shimcha sug‘orish tizimini barpo etish imkoniyati mavjud emasligi bildirilgan.

🤝 Shu tariqa, deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan aholi murojaati asosida ko‘tarilgan “Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish masalasi mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilib, mavjud holat va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etildi. Mazkur hududdagi yashil maydonlarni sug‘orish bilan bog‘liq masalaning amaliy yechimini topish deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1