Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
Hokimlik va Kengash hamkorligida mahalladagi ishlar o‘rganildi

 Hokimlik va Kengash hamkorligida mahalladagi ishlar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Alimov hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich hamkorligida Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Tashrif davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash hamda mahallaning umumiy qiyofasini yanada zamonaviylashtirish borasidagi chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Asosiy e’tibor mahalla hududini yanada obod qilish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay, munosib va farovon yashash sharoitlarini yaratishga qaratildi.

Slide 1 of 1