Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Hisobot doirasida suv ta’minoti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, xizmatlar ko‘rsatishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, xodimlar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar, o‘quv mashg‘ulotlari va treninglar tashkil etildi. “Korrupsiya — taraqqiyot va kelajak kushandasi!”, “Korrupsiyasiz jamiyat — farovon kelajak”, “Halollik va mas’uliyat”, “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik”, “Korrupsiya kelajakka tahdiddir” kabi mavzularda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔹 Korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan xizmatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Ichimlik va oqova suv tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar olish, suv hisoblagichlarini o‘rnatish va almashtirish bo‘yicha arizalarni my.gov.uz orqali elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratildi.
🔹 Ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish va yangi hisob raqami ochish xizmatlaridan ham fuqarolarning onlayn foydalanishi yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) faoliyati kuchaytirilib, xizmat tekshiruvlarini muntazam o‘tkazish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish mexanizmlari takomillashtirildi.
🔹 Fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “1255” va 67-236-70-05 ishonch telefonlari, shuningdek, elektron murojaat kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hisobotda korrupsiyaga qarshi kurashish faqat tashkilot xodimlarining emas, balki fuqarolarning ham faol ishtirokini talab qilishi ta’kidlandi. Fuqarolardan noqonuniy pul talab qilingan yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaviy holatga duch kelingan taqdirda, bunday holatlarni yashirmasdan belgilangan tartibda murojaat qilish muhimligi qayd etildi.

📍 Kelgusida Shirin shahar suv ta’minoti bo‘limida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni kuchaytirish, noqonuniy to‘lovlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi xavflarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xavflarni muntazam tahlil qilish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ijro intizomi yig‘ilishlarida muntazam muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berib boriladi.

📊 Joriy yilning o‘tgan davrida Shirin shahar suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilmagan. Ushbu ijobiy natijani saqlab qolish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda tashkiliy ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

✅ Mazkur ishlar PF-71-son Farmonida belgilangan korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, ichki nazoratni kuchaytirish, xizmatlar shaffofligini ta’minlash va raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.