Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
“Kalvak guzari” mahallasida sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘chaboshi Tolipov Fozilxon bilan suhbat o‘tkazilib, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda sanitariya va obodonlashtirish holati, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

️Xususan, Turkiston ko‘chasi 158-A, Yassaviy ko‘chasi 1-A va 2-A ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan chiqindi to‘plash hududlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mazkur hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha “Toza hudud” unitar korxonasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida tegishli shartnoma mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi sonining ko‘pligi sababli chiqindi tashlash qutilari sonini ko‘paytirish zarurligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaat bildirildi.

Mazkur masala o‘rganilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, hududdagi chiqindi qutilari sonini ko‘paytirish hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Masala deputat F.Qaxxarova nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3