Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yurtboshimiz Farmonlariga asosan vatanimiz ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
🇺🇿Kuni kecha Zangiota tumani hokimi E. Rustamov iqtisodiyot, tadbirkorlik, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgan tumanmizning ilg‘or vakillariga ushbu mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.
🇺Mukofotlanganlar orasida xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputatlari Akramov Olimxon Axrarovich, Bayzakova Nigora Usmanjanovna, Xoliqov Tulqin G‘apporovich, Muxiddinova Nilufar Tulqinovna, Zokirov Fayzulla Maxamatovichlarning borligi, deputatlarimizning faoliyatlari va o‘z sohalaridagi fidokorona mehnatlarining chinakkam eʼtirofi bo‘ldi.