Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 20-Mitan saylov okrugiga qarashli Qoraqishloq mahallasida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim muassasasi faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi o‘rganildi.
🔎 O‘rganishda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari U.Nurmuxammedov, J.Mavlyanov va N.Kiyamov ishtirok etdi.
📚 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 352-son qarorida belgilangan talablar asosida maktab faoliyatiga oid masalalarga e’tibor qaratildi.
Jumladan, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati hamda ta’lim muassasasining faoliyatini belgilangan talablar asosida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktab mas’ullari bilan tegishli masalalar muhokama qilinib, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Umumta’lim muassasalari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)