O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari ijrosi yuzasidan Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi.
O‘rganish davomida kasalliklarning oldini olish va ikkinchi chorak rejalarni shakllantirish, muassasalarni tibbiy uskunalar hamda dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish masalalari tahlil qilindi. Shu bilan birga, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan ilg‘or tajriba va samarali usullar alohida e’tirof etildi.
Yakunda sohadagi muammolarni bartaraf etish hamda ushbu masalalarni Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi sessiyalarida muntazam muhokama qilib borish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.