“Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugidagi ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari oldidan olib borilayotgan jarayonlar deputatlik nazoratida.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbaevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda hududdagi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
😊 Aholi ko‘chalarni asfaltlash ishlari boshlanayotganidan mamnun. Fuqarolar uzoq kutilgan mazkur ishlar hudud obodonchiligi va harakatlanish sharoitlarini yaxshilashiga ishonch bildirib, amalga oshirilayotgan ishlar uchun Prezidentimizga hamda mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqda.
🤝 Deputatlar tomonidan fuqarolar fikrlari tinglanib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat davom ettirilmoqda.
Obod mahalla — aholi roziligi va farovon hayotining muhim mezonidir.