Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganish ishlarini davom ettirdi.
📌 Bugungi o‘rganishlar fuqarolarga bolalar nafaqasini tayinlash jarayoni bilan bog‘liq masalalarga qaratildi. Mazkur yo‘nalishda aholining murojaatlari va mavjud ehtiyojlarini bevosita yashash manzillariga chiqqan holda o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
🏡 Dastlab fuqaro **M.G.**ning xonadoniga tashrif buyurilib, ijtimoiy xodim tomonidan bolalar nafaqasini tayinlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Jarayonning belgilangan tartibda olib borilishi, fuqaroga zarur tushuntirishlar berilishi va murojaatning amaliy holati ko‘zdan kechirildi.