Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
Tumanda turizm salohiyati va tarixiy obyektlardan samarali foydalanish holati o‘rganildi

Qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylik va shaffoflikni mustahkamlash maqsadida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Musaev Lazizjon Zafarovich, Kengash kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda bosh mutaxassis B. Xoliqov ishtirokida tuman hokimligida deputatlik nazorati o‘tkazildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining tumandagi ijrosi, turistik salohiyatdan foydalanish, tarixiy-madaniy obyektlarni asrash va turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Muzrabot tumanida bugungi kunga qadar 11 ta arxeologik va madaniy meros obyekti aniqlangan. Ular orasida Kampirtepa, Qarizlar, Qorakamar g‘ori, Kuchuktepa, Pishaktepa, Sopollitepa, Xudoydot, Sho‘rob qo‘rg‘on, Sho‘rtepa kabi arxeologik yodgorliklar hamda Muzrabot ota maqbarasi mavjud.

Kampirtepa — Oks Aleksandriyasi tumanning eng mashhur tarixiy-arxeologik ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Yodgorlikni yemirilishdan saqlash maqsadida uning atrofida 2,5 km uzunlikda zovur qazilib, sizot suvlari chiqarib tashlangan.

Shuningdek, yodgorlik atrofida 500 metrgacha muhofaza hududi tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchilarning arxeologik qazilmalarga zarar yetkazmasligini ta’minlash maqsadida maxsus sayyohlik so‘qmoqlari barpo etilgan.

Turistlar uchun qulayliklarni oshirish maqsadida avtoturargoh tashkil qilinib, 1,5 km yo‘lga asfalt yotqizilgan, yo‘nalish ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan.

Shuningdek, turistlar tashrif buyuradigan mehmonxonalar, hunarmandchilik markazlari, bozorlar, shohbekatlar va istirohat bog‘larida Wi-Fi zonalari tashkil etilgan, turistik
obyektlarga olib boruvchi yo‘llar ta’mirlanib, yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatilgan.

Deputatlik nazorati davomida turizm infratuzilmasining holati, turistik xizmatlar sifati, turistlar xavfsizligi, tadbirkorlik va investitsiyalarni jalb qilish, tarixiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ichki turizmni rivojlantirish hamda turistik obyektlarni targ‘ib qilish masalalari maxsus savolnoma asosida atroflicha o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tarixiy va madaniy meros ob’ektlarini asrash hamda «Turizm to‘g‘risida»gi Qonun talablarining samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2