Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILA HOLIDAN XABAR OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musaeva Dilnoza tomonidan nogironligi bo‘lgan farzand tarbiyalayotgan oila holidan xabar olindi.

✅Tashrif davomida oilaning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganilib, oila vakillari bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

📝Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib sharoit yaratish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni mahallalarda izchil davom ettirish, aholining muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridandir.

🇺🇿Mustaqillik — inson qadri, mehr-oqibat va ijtimoiy himoya tamoyillarini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgan buyuk ne’matdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1