Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI



📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zLiDep partiyasidan 22-Sobir Raximov saylov okrugidan saylangan deputat Rustam Raxmatovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan G'ayrat mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xotin-qizlar faoli Mohira Miraxmedova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda turli ehtiyojlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👩‍🦰 “Ayollar daftari”ga jami 91 nafar xotin-qiz kiritilgan.

📊 Toifalar kesimida:
🔹 1-toifa — 39 nafar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
Ushbu toifaga bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.
💼 2-toifa — 3 nafar
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar.
Mazkur toifadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga kredit mablag‘lari ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilgan.
🏠 3-toifa — 2 nafar
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, uy-joyi ta’mirga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
🩺 4-toifa — 25 nafar
Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Ularning sog‘lig‘i, ruhiy holati va ijtimoiy ehtiyojlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli yordamlarni tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ 5-toifa — 22 nafar
Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, nikohni bekor qilish (ajrim), yarashtiruv, sud, aliment va boshqa huquqiy masalalarda maslahat hamda amaliy yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar bilan tegishli ishlar olib borilmoqda. O‘rganish davomida 2 ta ajrim holati ham qayd etildi.

✨ Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida 6 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilgan.

💳 Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun kredit mablag‘lari ajratilgan.

✅O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ularning mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3