Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar - elga yarashar
янв.21
Ishtixon tumani deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish
янв.21
Ishtixon tumani Kengashi deputatш “Kiberxavfsizlikni taʼminlash va bank mahsulotlaridan samarali foydalanish” mavzusida tushuntirish ishlarini olib bordi
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ishtixon tumani deputati tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi vakillari orasida....
янв.21
Ishtixon tumani deputatlari fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda...
янв.21
Ishtixon tumani Deputatlar suyultirilgan gaz ta'minotidagi muammolarni o‘rganishdi....
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar mahalla faollari bilan uchrashdi
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

 YOSHLAR BILAN UCHRASHUV 

Yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ularning muammo va takliflarini o‘rganish va hal etish maqsadida bugun yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
 

Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda joriy yilda yoshlar siyosati sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha respublika shtabi a’zosi Ilyos Matlabov, Navoiy viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Baxromov, xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Malika Xudoyberdiyeva, Uchquduq tuman hokimi o‘rinbosari Nurladin Muratov uchquduqlik yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda yoshlarning taklif va muammolari tinglandi. Uchrashuv jarayonida yoshlar bilan
qiziqarli suhbatlar olib borildi.
 

Dastlab rahbarlar mas’ullar ishtirokida yoshlarning takliflarini tingladi. Shundan so‘ng har bir yosh bilan alohida muloqot qilib ularning muammoli masalalariga quloq tutildi. Uchrashuvda tumandagi 14 ta mahalladan tashrif buyurgan 20 nafarga yaqin yoshlar o‘z muammolari bilan rahbarlarga yuzlanishdi. 

Uchrashuvda asosan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun jihozlarni subsidiya asosida ajratish, ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit olish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha muddatlar belgilanib, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
 

Uchrashuv doirasida Dilnozaning turli tanlovlarning viloyat bosqichlarini tumanda ham o'tkazish bo'yicha va kitobxonlik loyihalari bo'yicha bergan takliflari ijobiy hal etish uchun ko'rib chiqiladigan, Navro'zning "Work and travel" dasturi
bo'yicha yetakchilarini chet elga o'qish bo'yicha bergan taklifi ham ijobiy hal etish uchun ko'rib chiqiladigan bo'ldi.
 

Shuningdek, bir qator yoshlarga imtiyozli kredit ajratiladigan bo'ldi.  

Slide 1 of 15