Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ishtixon tumani deputati tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi vakillari orasida....
янв.21
Ishtixon tumani deputatlari fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda...
янв.21
Ishtixon tumani Deputatlar suyultirilgan gaz ta'minotidagi muammolarni o‘rganishdi....
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi...
янв.21
Ishtixon tumanida Oliy Majlis deputati hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda sohadagi ishlarni o‘rganmoqda....
янв.21
Ishtixon tumanida Oliy Majlis deputatlari sohadagi ishlarni o‘rganmoqda...
QO‘SHRABOT TAJRIBASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

QO‘SHRABOT TAJRIBASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi majlisida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha “Qo‘shrabot tajribasi” taqdimoti o‘tkazildi. 

Videoselektor shaklida majlisda ishtirok etgan viloyatimiz vakillari tomonidan o‘tgan 2024-yilda Qo‘shrabot tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot-taqdimot qilindi.

Unda o‘tgan yilda tumanda yagona ijtimoiy himoya reestrida jami 4809 ta kambag‘al oila ro‘yxati shakillantirilib, toifalarga ajratilganligi hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalar ishlab chiqilganligi bildirildi. Shu bilan birga, reestrdagi 1750 nafar fuqarolarning doimiy bandligi ta`minlanganligi ma`lum qilindi.

Qo‘shrabot tumanida 2024-yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 24,9 mln. AQSh dollari bo‘lgan 42 ta loyihalar amalga oshirilib, 850 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 2025-yilda esa yana 56 ta loyihani amalga oshirish orqali, 907 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. 2024-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2339 ta loyihaga 35,1 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Joriy yilda esa oilaviy tadbirkorlik uchun 45,0 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda kredit ajratish belgilangan.

Taqdimotda shuningdek, ta`lim olish va kasb-hunarga o‘rgatish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham aniq misollar bilan ijobiy ishlar ko‘rsatib berildi.

https://t.me/sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5