Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va mavjudligi o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan tumanda joylashgan savdo nuqtalari va bozorlar faoliyati o‘rganildi.
🍞O‘rganish davomida savdo rastalari va do‘konlardagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, aholi kundalik iste’molida muhim o‘rin tutadigan un, yog‘, guruch, shakar, go‘sht, kartoshka, piyoz, makaron, yorma va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi hamda narxlari bilan tanishildi.
🥬 Shuningdek, ushbu mahsulotlarning yetarli miqdorda zaxiralanganligi, narxlarning barqarorligi, aholining talab va ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyati hamda mahsulotlar ta’minotining uzluksizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!