Tuman tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati D.Ataxodjayeva nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida aholining imtiyozli toifalarini bepul dori vositalari bilan ta’minlash ishlari yuzasidan o'rganish olib borildi.
💊🩺O‘rganish davomida bepul tarqatiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash va hisobga olish tartibi, ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda belgilangan tartib asosida tarqatilishi holati ko‘rib chiqildi.
💊Shuningdek, dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ri shakllantirish, ta’minotning uzluksizligini ta’minlash, mavjud zaxiralarni samarali boshqarish va fuqarolarga shaffof hamda adolatli xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!