35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minotidagi muammo o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahallada sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja 📋 Bugungi ish rejasi belgilandi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktablarda sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala ⚡️ Chag‘atoy mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_sorovi 📍 M-37 avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
#sorov_ijrosi #182_ds_369_26 ⚖️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi #181_ds_369_26 📌 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_daftari 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish Pastdarg‘om tumani “Kelajak” markazi faoliyati misolida amalga oshirildi.

Jarayon davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim va to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2