35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning 3-sentyabr kuniga belgilangan ish rejasi ijrosi ta’minlandi
янв.21
📍 FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
#24_ta_masala ⚡️ Bahrin mahallasida elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
#Kengash_raisi 💼 Qayirma mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili boshlandi: deputat o‘quvchilar bilan uchrashdi
янв.21
#24_ta_masala 🏟 Maktabdagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🛣 Bahrin mahallasidagi asosiy ko‘cha holati o‘rganildi
янв.21
YASHIL MAKON — OBOD VA FAROVON YURT POYDEVORI
янв.21
#162_qonun ♿️ Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda 👨‍👩‍👧‍👦 Namuna mahallasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
Deputat so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Taxiatosh tumani “Keneges” OFY hududida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida ko‘tarilgan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovini yubordi.

🚧 Murojaatda “Keneges” kanali bo‘yidan Jasorat va Sharq yulduzi ko‘chalarigacha, shuningdek, ushbu ko‘chalardan temir yo‘lga qadar bo‘lgan ichki yo‘llarni chig‘anoqtosh (Ракушка) bilan to‘ldirish va tekislash zarurati ko‘rsatib o‘tildi.

🌧 Mazkur yo‘llardan o‘quvchilar, aholi va transport vositalari foydalanadi. Yog‘ingarchilik paytida yo‘llarning loy bo‘lib, harakatlanish uchun noqulay holatga kelishi fuqarolar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

📄 Shu munosabat bilan deputat tomonidan Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yuborilib, mazkur masala yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish so‘raldi.

⏳ Deputat so‘rovida masala yuzasidan javobni belgilangan muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Deputatlik so‘rovi — saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammoni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va uning amaliy yechimini izlashning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2