35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI

Oʻrganish davomida bozordagi mavjud savdo shoxobchalari faoliyati, isteʼmol bozori barqarorligini taʼminlash, aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim hisoblangan mahsulotlarning yetarlilik darajasi hamda narxlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan:
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holati;
mahsulotlar narx-navosining barqarorligi va bozordagi holati;
savdo xizmatlari sifati hamda aholiga yaratilgan qulayliklar;
ichki isteʼmol bozorida mahsulotlar uzluksizligini taʼminlash masalalari oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida sotuvchilar, masʼullar va bozor mutasaddilari bilan muloqot oʻtkazilib, aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop mahsulotlar bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish masalalari doimiy nazoratdagi ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 7