35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahallada sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minotidagi muammo o‘rganildi
янв.21
#ish_reja 📋 Bugungi ish rejasi belgilandi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktablarda sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala ⚡️ Chag‘atoy mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
#deputat_sorovi 📍 M-37 avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
#sorov_ijrosi #182_ds_369_26 ⚖️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi #181_ds_369_26 📌 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_daftari 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati A.Ishnazarov tomonidan hududdagi Paxtakor mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan tushumlar, shuningdek, mavjud soliq qarzdorligi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi tadbirkorlik subyektlari va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, soliq intizomini mustahkamlashga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi va mas’ul tashkilotlar tomonidan budjet tushumlarini oshirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini faoliyatga jalb etish hamda mavjud soliq bazasidan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va takliflar navbatdagi Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Slide 1 of 4