35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahallada sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minotidagi muammo o‘rganildi
янв.21
#ish_reja 📋 Bugungi ish rejasi belgilandi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktablarda sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala ⚡️ Chag‘atoy mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_sorovi 📍 M-37 avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
#sorov_ijrosi #182_ds_369_26 ⚖️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi #181_ds_369_26 📌 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_daftari 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Gender tenglikni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida Pastdarg‘om tumanida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” borasidagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Mazkur masala xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Slide 1 of 1