Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#162_ta_qonun #tuman_hokimi 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarning natijadorligi tahlil qilindi. Xususan, hokim yordamchilari tomonidan yuritilayotgan xonadonbay o‘rganishlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy choralar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining manzilliligini ta’minlash, har bir murojaat bilan individual ishlash hamda ko‘rsatilayotgan amaliy yordam samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muntazam monitoring qilib borilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3