“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Ishtixon tumanida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan:
🔹 “Kelajak markazi”da IT, robototexnika, mobilografiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi;
🔹 Yoshlar tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik va kulolchilik kabi amaliy kasblarga o‘qitiladi;
🔹 Texnikumlarda “Intensiv kasb lagerlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 “Ustoz-shogird” tizimi asosida yoshlarning kasbiy ko‘nikmalari rivojlantiriladi;
🔹 Tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar uchun “Yoshlar 1+1” va mini-biznes loyihalari tanlovlari tashkil etiladi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasblarni egallash va kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram