Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat A.Rabbimov Humo mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida Humo MFY xotin-qizlar faoli Muborak Pirnazarova tomonidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan:
🔹 90 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
🔹 1 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi ajratilib, o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy ko‘mak berilgan;
🔹 15 nafar xotin-qizning turli yo‘nalishlarda bandligi ta’minlangan.
Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram