Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja 📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyatining bugungi ish rejasi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bog‘bon mahallasida yoshlar bilan ishlash va bandlikni ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Prezident qarori ijrosi yuzasidan 6-son oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun 📌 Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bog‘bon mahallasida mahalla raisi faoliyati va hududni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#Kengash_qarori #Deputat_nazorati 📌 Kengash qarori amalda: Beshkapa qishlog‘idagi ichki ko‘chada asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#kengash_raisi 📌 Qayirma va Bog‘ixon mahallalarida kanalni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
⚽️🇺🇿 ISHTIXONDA FUTBOL BAYRAMI!
янв.21
#kengash_raisi 📌 Qayirma mahallasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
#ish_reja_ijrosi 🌱 Hududiy dastur ijrosi amalda: yangi imkoniyatlar

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat A.Rabbimov tumanning Humo mahallasida tuamning 2026-yil hududiy dasturiga kiritilgan “Zarbdor tajribasi” asosidagi drayver loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida aholi foydalanishiga berilgan 18,9 gektar sug‘orish tizimi murakkab bo‘lgan yer maydonlarini suv bilan ta’minlash maqsadida tik quduq qazish, sug‘orish tarmoqlarini yaxshilash, ariqlarni betonlashtirish hamda daromadli ekinlar yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha foydalanilmayotgan yoki suv ta’minoti cheklangan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlar daromadini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday loyihalarning borishi va natijadorligi deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4