Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati va ijtimoiy yordamlar ajratilishi o‘rganildi
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyaning 4-bandi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-“Chorguzar” saylov okrugi deputati Avazbek Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shohabbos Yusupov tomonidan Andijon shahar “Sanoat” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining kambag‘allikdan chiqarilishi, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilib, zarur tavsiyalar berildi.

Jarayonda mahalla bankiri ham ishtirok etib, hokim yordamchisi bilan hamkorlikda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tashabbuslarini bildirdi.

Ma’lumot uchun, ushbu hududda 120 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

24 tavsiya ijrosi doirasidagi o‘rganish va nazorat ishlari davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 2