Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#162_ta_qonun #tuman_hokimi 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
Suv tejamkorligi va zamonaviy qishloq xo‘jaligi – nazoratda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovlatov hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi rahbari Arslon Qlichev “Omonqaldi Darg'a” fermer xo‘jaligida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida parvarish qilinayotgan paxta dalalarining holati, suvdan samarali foydalanish va agrotexnik tadbirlar bajarilishi ko‘zdan kechirildi. Mazkur texnologiya orqali suv hamda mineral o‘g‘itlarni tejash bo‘yicha ko‘rsatkichlar muntazam qayd etib borilmoqda.

Deputat tomonidan hosildorlikka ta’sir qiluvchi omillarni ilmiy tahlil qilish va ilg‘or tajribalarni keng qo‘llash yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4