Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayevning tashabbusi va sa’y-harakatlari natijasida Jarquduq mahallasi aholisini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
⭐Deputat tomonidan aholi murojaatlari va mahalladagi mavjud holat atroflicha o‘rganilib, mazkur masalani hal etish yuzasidan tuman Elektr ta’minoti bo‘limi bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Olib borilgan ishlar natijasida Jarquduq mahallasiga yangi transformator punkti (TP) o‘rnatildi.
✅Mazkur loyihaning amalga oshirilishi mahallada elektr energiyasining barqarorligini ta’minlash, kuchlanish pastligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini yaratdi.
⭐Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
⭐ Jarquduq mahallasida amalga oshirilgan mazkur ishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.