Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#162_ta_qonun #tuman_hokimi 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
🌟 Mehnat va tashabbus — farovonlik poydevori!

🍽 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati G.Risqulova hududdagi oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Ibragimova Gulsevar Alisherovna xonadonida bo‘ldi.

👩‍🍳 Gulsevar opa o‘z xonadonida qatlama, chuchvara hamda boshqa milliy taomlarni tayyorlab, halol mehnati orqali o‘z-o‘zini band qilib kelmoqda. Ularning fidokorona mehnati nafaqat oilaviy daromad manbai, balki milliy taomlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🤝 Uchrashuv davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda faol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan samimiy suhbat olib borildi.

✨ Mehnatkash va tashabbuskor yurtdoshlarimiz faoliyati har doim e’tibor va e’tirofga loyiq!

Slide 1 of 2