35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati va ijtimoiy yordamlar ajratilishi o‘rganildi
Mahalla faollarini rag‘batlantirish masalasi muhokamaga kiritildi

 Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi "Qarshi yo‘li" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B. Xabibov tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan ko‘chaboshi va uyboshilarni rag‘batlantirish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardayevga murojaat qilindi.

Murojaatda mahalla hayotida faol ishtirok etib, fuqarolarning muammolarini hal etishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan, mahallaning ijtimoiy-siyosiy hayotida munosib hissa qo‘shib kelayotgan ko‘chaboshi va uyboshilarni munosib taqdirlash masalasi ilgari surilgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi raisi va Kengash kotibiyatiga muhokama uchun kiritildi.

Mahalla tizimida fidokorona faoliyat yuritayotgan jamoatchi faollar mehnatini e’tirof etish va ularni qo‘llab-quvvatlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.