35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#162_ta_qonun 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Bugungi o‘rganishlar sarhisob qilinib, ertangi kun vazifalari belgilandi
янв.21
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
#162_ta_qonun #ish_reja_ijrosi 📌 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi
янв.21
#ish_reja_ijrosi #24_ta_masala 📌 Mitan hududiy filialida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati va ijtimoiy yordamlar ajratilishi o‘rganildi
O‘rmonlar — tabiatning bebaho ne’mati va kelajak avlodlar uchun muhim meros

O‘rmonlar — tabiatning bebaho ne’mati va kelajak avlodlar uchun muhim meros

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, qayta tiklash hamda ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunning asosiy maqsadi o‘rmon boyliklarini asrash, ularning mahsuldorligini oshirish va ekologik muvozanatni ta’minlashdan iborat.

O‘rmonlar nafaqat daraxtlar majmui, balki tuproqni eroziyadan saqlovchi, suv resurslarini muhofaza qiluvchi, havoni tozalovchi va biologik xilma-xillikni asrab qoluvchi muhim tabiiy tizim hisoblanadi. Shuningdek, ular aholi salomatligini mustahkamlash, dam olish maskanlarini yaratish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida millionlab daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda. Bu boradagi ishlar nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Har bir fuqaro tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, daraxtlarni asrashi, noqonuniy kesilishlarning oldini olishga ko‘maklashishi hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishi lozim. Zero, bitta ekilgan daraxt kelajak uchun toza havo, musaffo tabiat va sog‘lom hayot demakdir.