35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minotidagi muammo o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahallada sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja 📋 Bugungi ish rejasi belgilandi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktablarda sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala ⚡️ Chag‘atoy mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_sorovi 📍 M-37 avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
#sorov_ijrosi #182_ds_369_26 ⚖️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi #181_ds_369_26 📌 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_daftari 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlarni hududlarda sifatli va o‘z vaqtida ijro etish, deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari, hisobotlarini tizimli tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

📂 Shuningdek, deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar qarorlarini namunaviy shaklda joriy etish, sessiyalarni belgilangan tartib va reglament asosida yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

📝 Yig‘ilishda deputatlar hududlarga chiqqan vaqtida “ko‘cha-bay” tartibida muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini manzilli qayd etib borish uchun maxsus daftar yuritish amaliyotini joriy etish muhimligi qayd etildi. Bu orqali hududlardagi ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ijtimoiy obyektlar holati hamda mahalla “yettiligi” ishini tizimli tahlil qilish imkoniyati kengayishi ta’kidlandi.

📝 Muhokamalar jarayonida deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol va 96 ta muhim qonun asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish hamda deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘makni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikning oldini olish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

📊 Shu bilan birga, Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, olib borilayotgan ishlar yuzasidan monitoring natijalari tahlil qilinib, axborot siyosati samaradorligini oshirish, materiallar sifati va tezkorligini kuchaytirish, deputatlar faoliyatini keng yoritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️ Yig‘ilishda qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy tahlili, ular ijrosini monitoring qilish, ijro intizomini ta’minlash hamda normativ-huquqiy hujjatlar ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish, deputatlar bilan samarali ishlash tizimini kuchaytirish, hujjatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3